Welcome to «Gidromaxsusqurilish» AJ   Click to listen highlighted text! Welcome to «Gidromaxsusqurilish» AJ Powered By GSpeech

Aks ettirish sozlash

Shrift oshirish:
Sayt rangi
Tasvirlari

Ko’rsatkichlar

"Gidromaxsusqurilish" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2017 yil 30 iyunda soat 11.00 da quyidagi manzilda bo'lib o'tadi: Toshkent sh., Navoiy ko’chasi № 22 uy (Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak.). Aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi:

-          umumiy yig'ilish to’g’risida xabardor qilish uchun - 2017 yil 16 iyun.

 -     aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish uchun - 2017 yil 26 iyun.

Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2017 yil 30 iyunda soat 10:00 da o'tkaziladi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan passport yoki aksiyadorlarning vakillari pasport va ishonchnomaga ega bo’lishi lozim. Aksiyadorlar yig'ilish materiallari bilan ko'rsatilgan manzil bo’yicha Jamiyat Boshqarmasida tanishishlari mumkin.

Kun tartibi:

1. Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig'ilishi sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

2. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash;

3. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2016 yil faoliyati natijalari bo'yicha hisobotini ko'rib chiqish;

4. Jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan jamiyatning moliyaviy va biznes faoliyati natijalari va 2016 yilgi biznes-rejasini bajarilishi bo’yicha hisobotini va jamiyatni rivojlantirish strategiyasi bo'yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni ko'rib chiqish;

5. Jamiyatning 2016 yilgi yillik hisobotini tasdiqlash;

6. Jamiyat 2016 yil foydasini taqsimlash, dividendlarni to'lash;

7. Jamiyatning Kuzatuv Kengashi a'zolarini saylash;

8. Taftish komissiyasining a'zolarini saylash;

9. Ijro etuvchi organ bilan bir yillik muddatga bitim-shartnoma tuzish to'g'risida;

10. Affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish.

 
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech